Dunyo bozorlarida oʻz oʻrniga ega boʻlgan Oltiariq uzumlari, zamonaviy muzlatgichli omborxonalar, issiqxonalar va dehqonlarimiz uchun onlayn savdo platformasi.
Azimobod va tumanimizda yetishtiriladigan asosiy eksportbop va serhosil uzum turlari.
Oltiariq tumanida 70 ming tonnadan ziyod sigʻimga ega 85 dan ortiq zamonaviy sovutkichli omborxonalar faoliyat koʻrsatadi. Azimobod shaharchasidagi omborxonalarda uzumlar maxsus shisha idishlarda va zamonaviy yashiklarda -1°C dan +3°C gacha haroratda saqlanadi.
Uzum savdosi, sovutkich ombori, koʻchatlar va agrotexnika xizmatlari boʻyicha eʼlonlar maydoni.
Dehqonlarimiz tomonidan asrlar davomida shakllangan tokchilik va tomorqa madaniyati.
Novdalarni quyosh nuri toʻliq tushishi uchun vishka (soʻri) usulida koʻtarish va ortiqcha xomtok novdalarini oʻz vaqtida olib tashlash.
Suv resurslarini 40% gacha tejash va oʻgʻitlarni ildiz orqali toʻgʻridan-toʻgʻri berish orqali hosildorlikni 1.5 baravarga oshirish.
Gullashdan oldin va uzum donalari moshdek boʻlganda profilaktik biologik ishlov berish muddatlariga qatʼiy rioya qilish.
Hosilni tonggi salqinda uzish, donalariga qoʻl tegizmasdan bandidan ushlab, quruq yogʻoch yashiklarga bir tekis taxlash.